“Hayot formulasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
2019 yil 1 mart kuni qurilishni boshqarish fakulteti “Shahar qurilishi” yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga hozirgi kunda talaba-yoshlarning o’qish va ish faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish maqsadida institut psixologi S.Otayorov “Hayot formulasi“ mavzusida seminar-trening tashkil etdi.Institut psixologi o’z so’zida har birimiz kundalik turmishmizda hamma narsaga ulgurishmiz va shaxsiy hayotimizni tartibga solish uchun jamiyatimizdagi hammaga birdik asqotadigan hayot formulamizga amal qilishimiz kerakligini aytib o‘tdi.
Hayot formulasiga amal qilish bizning hayotimizda uch qisimdan iborat bo’ladi. Bular:
1.Qilishmiz shart bo’lgan ishlar;
2.Qilishimiz kerak bo’lgan ishlar;
3.Qilishmiz hozircha shart bo’lmagan ishlar.
Biz kundalik hayotimizda ayni paytdagi vazifalarimizni, qiladigan ishlarimizni muhimlilik darajasga qarab yuqoridagi formulaga joylashtirib bajarsak, albatta bu o‘z natijasini beradi.Bu formulalarga qo‘yilgan ishlarimiz vaqt o’tishi bilan o’z joyini o’zgartirib turadi. Muhimi biz o’z vaqta qilishimiz shart bo’lgan ishlarimizni aniqlab olib, bajarib borsak bo’lgani deb aytib o‘tdi.