“Ruhiy xotirjamlikka erishishning yo’li” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
2019 yil 1 mart kuni arxetiktura fakulteti arxetiktura yo‘nalishi 3 kurs talabalariga talaba-yoshlarning xarakterida uchrab turadigan stress, depressiya, agressiya, addiktiv va deviant xulq kabi salbiy holatlarni bartaraf qilish maqsadida institut psixologi S.Otayorov tomonidan “Ruhiy xotirjamlikka erishishning yo’li” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.Institut psixologi o’z so’zida shaxslar o’z hayotini ijobiylashtirishi yoki salbiylashtirishga birichi navbatda o’zi sababchi bo’lishi, agar har birimiz o‘z hayotimizdan, jamiyatda tutgan o‘rnimizdan, yaqinlarimizdan, ota-onamizdan va qarindosh-urug‘larimizdan rozi bo’lsak, shukur qilib yashasak va shu hayotimizni har kunini bir qadar go‘zallashtirib borsak, bu o‘zining yaxshi natijasini beradi albatta. Shundan so‘ng biz ruhiy holatimizni bir maromga qo‘yishimiz mumkin. Birinchi navbatda inson halovatga erishadi. Yani qachon halovat topamiz: har qanday vaziyatda ham yaxshi narsalarni o‘ylab, ezgu amallarni bajarsakkina halovat topamiz, hayotimizning mazmun-mohiyatini ham o‘sha holatlarda anglab yetamiz deb ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, S.Otayorov ruhiy xotirjamlikka erishishning yo‘l-yo‘riqlari haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi. Tadbir yig‘ilganlarda katta taassuot qoldirdi.