D.RUSTAMOVA TOMONIDAN XORIJDA MALAKA OSHIRISH NATIJALARI BO‘YICHA HISOBOT SEMINARI O‘TKAZILDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Bino va inshootlar” kafedrasida o‘qituvchi D.Rustamova tomonidan Moskva davlat qurilish universitetida bir oylik malaka oshirish natijalari bo‘yicha hisobot seminari o‘tkazildi
.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan malaka oshirish ta’lim dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tab kelgani haqida o‘qituvchi bir oy mobaynida professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro tajriba almashib, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida bilim va ko‘nikmalarini hamda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etib “Ограждающие конструкции промышленных зданий” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tib berganini so‘zlab berdi.
Seminar davomida D.Rustamova bir oylik malaka oshirish mobaynida olgan tajribalarini kelgusida qo‘llashini, MDQU “Arxitektura” kafedrasi professor A.Zaxarov “Здания средней этажности со несущим этажом в климатических условиях Узбекистана” mavzusida ilmiy-tatqiqot ishlariga roziligini va kafedralararo hamkorlikni davom ettirishini ta’kidlab o‘tdi.