“Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “A V T O P O R T R E T” lar ko‘rik-tanlovinining
2018 yil 29 sentyabr kuni soat 12:00 da “Arxitektura” fakulteti “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida “Ustoz va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlab “Avtoportret”lar mavzusidagi kompozitsiyalar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Tasviriy san’at” kafedrasi dotsenti H.H Jo‘raev tabrik so‘zi bilan ochdi va konkurs qatnashchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
“Avtoportret”lar ko‘rik-tanlovinining asosiy maqsadi - yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, ularni ijodkorlikka undash orqali yosh ijodkorlarning ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini mukamallashtirish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, unda arxitektura fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. An’ana tusiga kirib ulgurgan ko‘rik-tanlovga “Tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchilari rahbarlik qilishdi.
“Avtoportret”lar mavzusidagi kompozitsiyalar ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlari mohirlik bilan maromiga etkazib ishlanganligiga, yangiligi, boy fantaziyasi va mavzuning keng yoritilishi inobatga olinib “Eng yaxshi grafika”, “Eng yaxshi rangtasvir” va “Eng yaxshi innovatsion yondoshuv” nominatsiyalari bo‘yicha baholanadi. Talabalar o‘z ijodiy ishlarida o‘zlarining portretlarini mohirlik bilan ifodalab berish bilan birga innovatsion echimga alohida o‘rin berishga harakat qilishdi.
Ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlarini baholash “Tasviriy san’at” kafedrasi mutaxassis o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirildi. Baholash natijasiga ko‘ra “Eng yaxshi grafika” nominatsiyasida 201-dizayn yo‘nalishi talabasi Hamroqulov Umedjon, “Eng yaxshi rangtasvir” nominatsiyasida 206-dizayn yo‘nalishi talabasi Razzoqova Adelya, “Eng yaxshi innovatsion yondoshuv” nominatsiyasida 401-KT (ts.mg.) yo‘nalishi talabasi Sayfieva Dilnoza g‘oliblikka erishdi. Ko‘rik – tanlov g‘oliblari institut ma’muriyatining nominatsiyalar bo‘yicha diplomlari bilan hamda tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.