SAMDAQIDA YOSHLAR KUNI MUNOSIB NISHONLANDI!

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash, hamda "30 iyun — Yoshlar kuni" munosabati bilan joriy yilning 28 iyun kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hovlisida "5 tashabbus yulduzi" deb nomlangan bayram kechasi tashkil etildi.
Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib 2018-2019 o‘quv yili davomida jonbozlik ko‘rsatgan bir qator faol yoshlar institut rektori S.I.Axmedov nomidan munosib taqdirlandilar.
Kechada Suhandon Aziz Nizyazov, xonandalardan Bahriddin Umar, Kamilla, DJ Tiger and Nila, MS Foza, ComedyUZ rezidenti Umid Ashurov, hamda institutimizning "Maroqandlik bojalar" QVZ terma jamoasi o‘zlarining chiqishlari bilan hammaga xushkayfiyat ulashdilar.