“BUNYODKOR” JAMOASI RESPUBLIKA OCHIQ KUBOGIDA III O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

Joriy yilning 28 iyun kuni Buxoro shahrining yoshlar markazi binosida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi Respublika ochiq Kubogi o‘tkazildi!
Unda butun Respublikamizdan 30ga yaqin terma jamoalar qatnashdilar. Murosasiz kechgan o‘yinda natijalar quyidagicha qayd etildi:
Demak, 1-o‘rinni Buxoro viloyatining “Maestro” jamoasi egalladi, 2-o‘rinni Buxoro viloyatining “Fiesta” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, institutimizning “Bunyodkor” jamoasi esa 3-o‘rin bilan taqdirlandilar.
Shuni aytish joizki Samarqand “Zakovat” klubidan 7ta terma jamoa qatnashib ular ham o‘z navbatida kuchli edi.