“YANGI ASRNING ISTE’DODLARI-2016”Respublika ko’rik-tanlovining HISOBOTI
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “YANGI ASRNING ISTE’DODLARI-2016”Respublika ko’rik-tanlovining
HISOBOTI
Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Samarqand viloyat hunarmandlar uyushmasi, Samarqand Badiiy ijodkorlar uyushmasi va Samarqand viloyat kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda “Yangi asrning iste’dodlari-2016” respublika ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlov asosiy maqsadi z muxandislik loyiha va ishlanmalar, zamonaviy qurilish texnologiyalarini yaratishga qodir milliy san’atimizning avloddan-avlodga o’tib kelayotgan boy madaniy merosi, bugungi salohiyati, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy madaniyat, badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, shu bilan birga “Ustoz-shogird” an’anasini keng miqyosda rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarni ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini takomillashtirish va rag’batlantirishdan iborat.
“Yangi asrning iste’dodlari-2016” respublika ko’rik-tanlovida SamDAQIga turdosh 15 ta oliy o’quv yurtidan iqtidorli talabalar quyidagi “Eng yaxshi tasviriy san’at asari”, “Eng yaxshi amaliy san’at asari”, “Eng yaxshi arxitekturaviy loyiha va maket”, “Eng yaxshi dizayn loyiha va maket”, “Eng yaxshi muxandislik loyiha va ishlanmalar” va “Eng yaxshi qurilish materiallari va texnologiyalar” nominasiyalar bilan ishtirok etdi. Ko’rik-tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar maket va loyihaning yangiligi, dolzarbligi, muallif fantaziyasining kengligi, shu bilan birga ishlarda milliylik va zamonaviylikning uyg’unlashuvi nuqtai nazardan baholandi.
Kurik-tanlovda I - II – III o’rinlarni qo’lga kiritgan iqtidorli yoshlar va barcha tadbir ishtirokchilari O’zbekiston Badiiy akademiyasi va institut rahbariyatining diplomi va tashakkurnomasi hamda homiy tashkilotlarning estalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Kurik-tanlovda iqtidorli talabalar quyidagi nominasiyalar bo’yicha baholandi.
I darajali diplom bilan “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” yo’nalishi bo’yicha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2-bosqich talabasi Fozilova Kumush, “Eng yaxshi amaliy san’at asari” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 1-bosqich talabasi Rustam Gulmirzayev, “Eng yaxshi arxitekturaviy loyiha va maket” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 3-bosqich talabasi Norqulov Tolibjon, “Eng yaxshi dizayn loyiha va maket” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 1-bosqich talabasi Nortoyeva Aziza, “Eng yaxshi muxandislik loyiha va ishlanmalar” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 4-bosqich talabasi Berdiyev Jasur, va “Eng yaxshi qurilish materiallari va texnologiyalar” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 1-bosqich talabasi Sharipov G’ayratlar taqdirlandi.
II darajali diplom bilan esa “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 2-bosqich talabasi Negmatova Nigina va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2-bosqich talabasi Barkasheva Bo’stonoy, “Eng yaxshi amaliy san’at asari” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 1-bosqich talabasi Xudoynazarov Jasur, “Eng yaxshi arxitekturaviy loyiha va maket” yo’nalishi bo’yicha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1-bosqich talabasi Il’khanov Janbolat, “Eng yaxshi dizayn loyiha va maket” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 2-bosqich talabasi Gulyamova Diyora, “Eng yaxshi muxandislik loyiha va ishlanmalar” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 3-bosqich talabasi Babaxanov Jamshid, va “Eng yaxshi qurilish materiallari va texnologiyalar” yo’nalishi bo’yicha Namangan muxandislik-pedagogika instituti 1-bosqich talabasi Sadikov Oybeklar taqdirlandi.
III darajali diplom bilan esa “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” yo’nalishi bo’yicha Jizzax pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Umirqulova Gulnora, Qarshi davlat universiteti 1-bosqich talabasi Sadikova Gulchehra, Namangan davlat universiteti 2-bosqich talabasi Kamoliddinov Sirojiddin va SamDU 2-bosqich talabasi Hamidullayev Kamron, “Eng yaxshi amaliy san’at asari” yo’nalishi bo’yicha Jizzax pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Ataullayeva Nilufar, “Eng yaxshi arxitekturaviy loyiha va maket” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 3-bosqich talabasi Samiyeva Nafisa, “Eng yaxshi dizayn loyiha va maket” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 3-bosqich talabasi Salixova Robiya, “Eng yaxshi muxandislik loyiha va ishlanmalar” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 3-bosqich talabasi Sattorov Temur, va “Eng yaxshi qurilish materiallari va texnologiyalar” yo’nalishi bo’yicha SamDAQI 2-bosqich talabasi Kamolov Boburlar taqdirlandi. Ko’rik-tanlovda 130 nafar yosh iqtidorli talabalar o’zlarining 500 ga yaqin ishlari bilan ishtirok etdi.