FAKULTETLAR O‘RTASIDA “MINI-FUTBOL” SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 23 aprelidagi 14-14/1-771-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublikamizda may oyining “Sport” oyligi deb e’lon qilinganligi sababli Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talaba yoshlari o‘rtasida fakultetlararo “Mini-futbol” sport musobaqasi 2019 yil 24-25 may kunlari tashkil etildi.
Sport musobaqalari bevosita “Kasbiy ta’lim va jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchilari A.Dehqonov va A.Qodirovlar tomonidan olib borildi.
Musobaqada o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
I o‘rin: Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti jamoasi;
II o‘rin: Qurilishni boshqarish fakulteti jamoasi;
III o‘rin: Qurilish fakulteti jamoasi.