“REKTORAT” JAMOASI CHEMPION!

2019 yil may oyi “Sport oyligi” deb e’lon qilinib mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 6-7 may kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchilar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusi bilan, institut professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida “Mini-futbol” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.
O‘yin natijalarini yana bir bor eslatib o‘tamiz: yarimfinal o‘yinlarida “Rektorat”, “MKQ”, “Arxitektura”, “Qurilishni boshqarish” ishchi xodimlari jamoalari o‘zaro bellashdilar.
“Rektorat” va “Qurilishni boshqarish” fakulteti jamoalari finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritib o‘yin ma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilgan edi, 3-o‘rin uchun “Arxitektura” va “MKQ” jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda “MKQ” fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Final o‘yini joriy yilning 27 may kuni tashkil etilib “Rektorat” jamoasi 1(2):1(1) hisobida “Qurilishni boshqarish” jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.
*() qavs ichida penalti hisobi