XOTIRA TURNIRI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 22 may kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetining “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi tashabbusi bilan, Institut xodimlar va talablar kasaba uyushmasi hamda “Kasbiy ta’lim va jismoniy tarbiya” kafedrasi hamkorligida kafedra o‘qituvchilari Salohiddinov Alisher va Egamov Bekmurodlarning xotirasiga bag‘ishlangan xotira futbol turniriga start berilgan edi.
22-27 may kunlari bo‘lib o‘tgan xotira turnirida Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetining talaba yoshlari o‘rtasida shiddatli o‘yinlar natijalari quyidagicha belgilandi.
I o‘rin: 401-GKK jamoasi;
II o‘rin: 303-GKK jamoasi;
III o‘rin: 301-GKK jamosi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.