MEHRIBONLIK UYIGA TASHRIF

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” kafedrasining katta o‘qituvchisi F.Suvankulovaning tashabbusi bilan QHALTE ta’lim yo‘nalishining 103-206-405-guruhlari hamda “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasining katta o‘qituvchisi U.Zubaydullayev hamkorligida joriy yilning 24 may kuni Samarqand shahrining 10-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.
Talabalar tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga o‘quv qurollari hamda esdalik uchun sovg‘alar hadya etildi. Bolajonlarning yuzlarida tabassum, quvonchiga quvonch qo‘shildi.
10-sonli mehribonlik uyi ma’muriyati institut ma’muriyati va tashrif buyurganlarga o‘zining chuqur minnatdorchiligini izhor etdi.