SAMARQANDDA OMMAVIY YURISH HAYRIYA MARAFONI O‘TKAZILDI

 

Bugun erta tongdan “1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Samarqandda ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi. Bu galgi marafon hayriya marafoni bo‘lib, ishtirokchilar viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydondan Bo‘stansaroy, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari orqali “Dinamo” stadionigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishdi.
Marafonda 30 mingdan ortiq samarqandliklar ishtirok etishdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi, professor-o‘qituvchilari va talabalari ham bu galgi hayriya marafonida faol ishtirok etishdi.