SAMARQAND DAVLAT TARIXI MUZEYIDA SAYYOR DARS

 

2019 yil 18 oktabr kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining katta o'qituvchilari L.Shpeneva va L.Xasanova 103-AYvaA, 104-GKK, 103-XS, 103-104-Dizayn guruh talabalari uchun Samarqand shahrida joylashgan O‘zbekiston madaniyati tarix davlat muzeyida ekskursiya tashkil etdilar.
Muzeylar nafaqat tarbiyaviy rol o'ynaydi, balki yosh avlodni buyuk ajdodlar tarixi bilan vatanparvarlik va g'urur ruhida tarbiyalashga hissa qo'shadi. Bu madaniy, tarixiy, badiiy meros, umumbashariy qadriyatlarni anglashda yordam beradi.
Muzeyga tashrif buyurish, tarixiy obidalar, xalqimizning dinlari va e'tiqodlari, ularning urf-odatlari va turmush tarzi bilan tanishish imkoniyatini beradi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga o‘rta asrlarda o'zbek davlatining rivojlanishi haqida informatsion ma’lumotlar yetkazildi.