TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH SOHASIDA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

 

2019 yil 17 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida, mamlakatimizda ta’lim sohasi vakillari bilan tajriba almashish yo‘li orqali, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimini takomillashtirish sohasiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Barcha mamlakat universitetlaridan Ingliz tili o'qituvchilari taklif qilindi. Ushbu seminarda respublikaning barcha hududlaridan 110 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar. Xodjabekov Murod, Maxamov Bozorboy, Sodiqova Sitora-bonu va Manoev Said munozaralarda faol qatnashib, yig‘ilganlarga SamDAQI haqida ijobiy taassurot qoldirdilar.
Badiiy ma'ruzalar va taqdimotlar, “Work shop” va “Ideas” laboratoriyasi BAA ma'ruzachilari va murabbiylari tomonidan qiziqarli va samarali o'tkazildi.
Seminar so'ngida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.