“TENGDOSHGA –TENGDOSH” LOYIHASI DOIRASIDA TARG‘IBOT TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutitining kichik majlislar zalida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Yoshlar o‘rtasida O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi asosida ijtimoiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda amalga oshirish maqsadida, “Tashabbuskor yoshlar” shiori ostida, harakatlar strategiyasining “Besh tamoyili” va yoshlar uchun qabul qilingan “Besh tashabbus” bo‘yicha “Tengdoshga –tengdosh” loyihasi targ‘ibot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot taqdimotini o‘tkazishdan maqsad yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan talaba-tengdoshlarni yanada faollikka chaqirishdir.
Tadbirning yana bir asosiy maqsadi yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy ekstrimistik ta’sirlardan, tuban “Оmmaviy madaniyat” hurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Tadbir davomida tashabbus bilan chiqqan talabalarning murojaatnomalari tinglandi va qiziqarli savol javoblarga boy bo‘ldi.
So‘z so‘ngida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Orif Xaitov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Qo‘ldoshev hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Adolat Ziyatova yoshlarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Tashkilotchilar tomonidan faol ishtirok etgan tashabbuskor talabalar diplom, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tashabbuskor talabalar tomonidan qilingan murojaatnomalarni, kelgusi xabarlarimizda batafsil yoritib boramiz.