“Ilmdan boshqa najot yo‘q” nomli film namoyish etildi
2018 yil 25-28 sentabr kunlari viloyat hokimligining 2018 yil 26 sentabrdagi № 07-07/1866-sonli xatiga muvofiq o‘sib kelayotgan yoshlarimizni Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash, zamonaviy ilm-fan sirlarini o‘rganish, yuksak texnologiyalarni o‘zlashtirishni keng targ‘ib etish maqsadida institutning arxitektura, qurilish, qurilishni boshqarish, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetlarida va institut qoshidagi akademik litseyda “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” va “Mahalla” telekanallari orqali “Ilmdan boshqa najot yo‘q” nomli film namoyishlari tashkil etildi.
Filmda hadis ilmining sultoni imom Buxoriyning “Ilmdan boshqa najot yo‘q” so‘zi shior qilib olingan. Unda ilm olishning diniy va dunyoviy ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi siyosati va strategiyasining mazmuni turli lavhalar va fikrlar bilan ochib berilgan.
“Ilmga bo‘lgan dunyoqarashni o‘zgartirish, bilim olishning ahamiyatini targ‘ib qilish, bilim olishni rivojlantirish, bilim olish va bilim berishda samarali usullar va vositalarni qo‘llash O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha dunyoning eng rivojlangan 50 davlati orasidan munosib o‘rin olishi uchun xizmat qiladi. Bu hech qanday ko‘zbo‘yamachilik, o‘tmish yutuqlari bilan maqtanish emas. Bunda Yaponiya, Janubiy Korea, Singapur va boshqa ilm-fan rivojlangan mamlakatlarning ta’lim sohasidagi g‘oyasidan o‘rnak olsa arziydi,”-degan fikrlar bildirilib, qizg‘in bahs-munozaralar bilan bilim olishni va O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish uchun bir tanu bir jon bo‘lib amaliy harakat qilish kerak degan fikrga kelindi.
Namoyish so‘nggida film to‘g‘risida talabalar o‘z fikrlarini bildirishib o‘tdi.
Namoyishdan so‘ng talabalar va professor-o‘qituvchilar ushbu film namoyishini tashkil etganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.