HAMMA KASBLAR O‘QITUVCHILIKDAN BOSHLANADI

 

Sizgadir yurakda asragan so‘zim, to mangu ta'zimda turaman o‘zim.
Dilimning tubida yangragan so‘zim — Ezgulik yo‘lida tolmang, Ustozim!
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti katta faollar zalida joriy yilning 25 sentabr kuni “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Hafizova Mashxura Aminovna tashabbusi bilan “Hamma kasblar o‘qituvchilikdan boshlanadi” shiori ostida “1 oktabr — Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Dasturda 101-102-arxitektura hamda dizayn guruh talabalaridan tashkil topgan jamoa, professor-o‘qituvchilarga mashaqqatli kasb egalari bo‘lmish Ustozlar haqida kuy-qo‘shiqlar hamda korrupsiyasiz ta’lim to‘g‘risida sahna ko‘rinishlarini namoyish etib professor-o‘qituvchilarni tabrikladilar.
Tadbir yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.