SAMARQANDDA O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM SAYLI O‘TKAZILDI

 

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida ilk marotaba O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram sayli o‘tkazildi.
''Ustoz - qadri buyuk muallim!'' shiori ostida o‘tgan sayilda ko‘rgazmalar, taniqli san’atkorlar va jajji bolajonlarning konsert dasturlari namoyish etildi.
Ushbu tadbirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

.