30 iyun — «Yoshlar kuni»
"Yurtimizda bayramlar ko‘p, lekin yoshlarga bag‘ishlangan alohida bayram yo‘q. Bugun shu masalani ham hal etadigan vaqt keldi, - dedi O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017 yilda o‘tkazilgan "Kamolot" qurultoyida. Xuddi shu kuni muxtaram Prezidentimiz "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilsak, qanday bo‘ladi?, - deya taklif bildirgandi. Shu shaktlif barobarida yurtimizda 30 iyun — «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bu yil ilk bor o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari Samarqandda ham yuksak saviyada tashkil etildi.
30 iyun kuni erta tongdan viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi istirohat bog‘lari, xiyobonlarda yoshlar sayillari o‘tkazildi.
Samarqand shahridagi Mustaqillik ko‘chasida uyushtirilgan “Yoshlar – kelajagimiz!” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda iste’dodli yoshlarning rang-tasvir asarlari, milliy hunarmandlik buyumlari, yosh tadbirkor va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi. Turli tanlov va sport musobaqalari, mushoiralar o‘tkazildi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishdi. Jumladan, Mustaqillik ko‘chasida maxsus sahna tashkil etildi, konsert dasturi namoyish etildi, bundan tashqari institut talaba-yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, turli binolarning maketlari hamda rasmlar namoyishi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otti.
Bayram tadbirlari kechqurun markaziy istirohat bog‘idagi «Mo‘‘jiza» amfiteatrida bayram konsert dasturi bilan davom ettirildi. Konsert dasturi “Bitiruvchi-2018” tadbiri bilan bog‘lanib ketdi. Bunda institut rektori S.I.Axmedov ham ishtirok etib, instititut bitiruvchi talabalaridan S.Xojiqurbonova, Q,To‘xtashev, J.Qulmirzaev, Q.Raxmonov, S.Davronova, R.Pardaev, Sh.Avazova, S.O‘sanova, K.Raxmatullaeva va J.Berdievlarga oliy o‘quv yurtini bitirganligi to‘g‘risidagi diplomlarni topshirdi.
Bayram tadbirlari Samarqandlik yoshlarda olam-olam quvonch bag‘ishladi va bu kabi tadbirlar yurtimizning har bir viloyat, tuman, shaxarlarida davom etdi.