“Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash -mamlakat taraqqiyotining muhim omili” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”giPF-5308-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, respublika hayotining turli sohalarini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqishni ko‘zlab Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2018 yil 2 iyun kuni “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash - mamlakat taraqqiyotining muhim omili” mavzusidagi XV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o’tdi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot muassalari va iqtisodiyot sohalari korxonalaridan 73 nafar professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar, 53 nafar yosh olimlar, 147 nafar magistrant va iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdilar.
Konferensiya yakuni bo‘yicha rezolyusiya qabul qilindi va iqtisodiyotning tegishli sohalariga qo‘llash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya qatnashchilari tomonidan yuborilgan maqolalar asosida beshta qismdan iborat 720 ta maqola kiritilgan konferensiya materiallari to‘plami chop etildi.Bundan tashqari anjuman doirasida tadqiqotlar yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi ilmiy ishlanma”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” va “Eng yaxshi ma’ruzachi” tanlovlari o‘tkaziladi, g‘oliblar sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandilar.