ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH – HAR BIR FUQARONING BURCHIDIR

Joriy yilning 2 iyun kuni   Sam DAQI Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish kafedrasi, Samarqand viloyatiining barcha oily ta’lim va kasb-hunar o’quv yurtlari talabalari, Samarqand tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va Samarqand viloyat Ekoharakat xududiy bo’linmasi bilan hamkorlikda viloyat “ZARAFSHON qo’riqxonasi” da 5-iyun butunjaxon atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bag’ishlangan tadbir b’lib o’tdi.
Tadbirda asosiy  ko’zlangan maqsad har bir fuqaroning ekologik ongi, ekologik madaniyatini shakllantirish, xalqaro hamjamiyatning e’tiborini atrof-muhitni muhofaza qilish muammolariga hamda global ekologik inqirozning oldini olish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga qaratishdan iboratdir.
Tadbirda so’z olganlar yer yuzining biror bir joyida O’zbekistonda bo’lganidek to’rt faslni bir vaqtning o’zida yonma-yon uchratish qiyinligi, sehrli o’lkamizning tabiatiga maftun bo’lib boqishning o’zi kifoya emasligi,  bu boylikni asrab-avaylash lozimligi haqida gapirar ekan, O’zbekiston ekologik harakati bu borad agi faoliyatini ham davlat, ham jamiyat va har bir fuqaroning jonajon aylantirish uchun kurashning oldingi safida  borayotganligini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi esa yo’nalishdagi qonunchilik takomillashtirish va yangi qonunlarni tayyorlashda tashabbuskorlik ko’rsatayotganligini, o’sib kelayotgan barkamol avlodning ekologik tarbiyasini kuchaytirish maqsadidagi ezgu ishlar rivoj topayotganligini, alohida ta’kidlab o’tdi.
Tadbirda so’ngida  O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lim vazirligi va respulika Ekoharakat  tomonidan tashkil qilingan “Global iqlim o’zgarishiga moslashishi bo’yicha eng yaxshi g’oya 2016-2017” Respublika ko’rik tanlovida 1-2 o’rinlarni egallagan Samarqand davlat arxitektura va qurilish inistituti “Suv ta’minoti, kanalizasiya  va suv resurslarini muhofaza qilish kafedrasi” dotsenti Shakarov Norboy Jumayevich hamda katta o’qituvchisi Eshqobilov Shuhrat Abdug’affarovich rahbarliklarida  “Muxandislik kommunikasiyalari va qurilish” fakulteti (MKK IGT) yo’nalishi 4-bosqich talabalari  Saydirasulov  Baxodir  Muhiddin o’g’li,    1-bosqich talabasi   Madrimov Akbar Shuhrat  o’g’li diplom va qimmat baho sovg’alar  bilan  taqdirlandilar.