Iqtidorli yoshlar - kelajak istiqboli

Joriy yilning 30 aprel kuni “Qurilishda menejment” kafedrasi tomonidan “2018 yil faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” ga bag‘ishlangan Dastur doirasida “Qurilishni boshqarishda innovatsion g‘oyalar va ularni qo‘llash istiqbollari” mavzusidagi talabalarning ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor U.Xudoyarov, moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor A.Rajabov, ilmiy bo‘lim boshlig‘i U.Xushvaqtov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i M.Xodjabekov, institut kasaba o‘yushma qo‘mitasi raisi A.Axunjanov, fakultet dekani U.Nazarov, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminarni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor U.Xudoyarov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda ta’lim tarbiya jarayonida innovatsion g‘oyalarni muhimligshiga alohida e’tibor qaratdi.
Seminarda “Menejment” ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talabalaridan 16 nafarining ilmiy maqolalari eshitildi. Seminar natijalari bo‘yicha talabalar maruzalarining to‘plami chiqarildi.
Qiziqarli savol-javoblar ostida o‘tgan ilmiy-amaliy seminar g‘oliblari va faol ishtirokchilarga institut xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hamda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.