SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISh INSTITUTIDA “8-MART-XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “AYoL BORKI OLAM MUNAVVAR” MAVZUSIDA O’TKAZILGAN TADBIR

“8-Mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan institutda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xotin-qizlar bayram munosabati bilan 150 ming so’m miqdorida moddiy rag’batlantirildi.
Xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi  tomonidan institutda ko’p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan 20 nafar ayol professor-o’qituvchi va xodimalarga 584820 so’mga qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
2019 yil 6 mart kuni institut faollar zalida institut ma’muriyati, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, institut xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi, institut xotin-qizlar qo’mitasi hamda “Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkilotlari hamkorligida “8-Mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Ayol borki olam munavvar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirning badiiy qismida institutning “Ulug’bek yulduzlari” ansamblining honandalari, raqqosa qizlari hamda “Yoshlar ittifoqi”  boshlang’ich tashkiloti qoshidagi “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari institut xotin-qizlarining kayfiyatiga bir olam quvonch ulashdi. Tadbir yuqori saviyada va ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Tadbirdan lavxalar:

Shuningdek 4-5 mart kunlari institut xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan institut professor – o’qituvchilari, xodimlar va talabalar o’rtasida stol tennisi va shashka  sport turlari bo’yicha musobaqa tashkil etildi.  Musobaqa natijalariga ko’ra o’rinlar quyidagicha belgilandi:

Shashka turi bo’yicha:

I o’rin     - G.Jo’rayeva                    “ Arxitektura” fakulteti

II o’rin    -L.Toshnazarova               “Qurilishni boshqarish” fakulteti

III o’rin  - F.Axmedova                     “MKK” fakulteti

                      Sportning stol tennisi turi bo’yicha:

 I o’rin   – M.Nasimova             “Qurilishni boshqarish” fakulteti talabasi

 II -o’rin – K.Po’latova               “Qurilish” fakulteti talabasi

 III o’rin -  N.Norqulova            “ Arxitektura” fakulteti

 IV o’rin – F. Mamariyozova       O’quv bo’limi

 O’rin olgan sport qatnashchilari sovg’a bilan taqdirlandilar.

 

Tadbirdan lavxalar: