SAMDAQI XOTIN QIZLAR QO‘MITASI RAISI MUNOSIB TAQDIRLANDI

 

SAMDAQI XOTIN QIZLAR QO‘MITASI INSTITUT BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI RAISI SAMARQAND SHAHAR OLIY TA’LIM MUASSASALARI ICHIDA “ENG NAMUNALI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI RAISI” SIFATIDA TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘limlari va boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida 27 iyul kuni Samarqand shahar hokimiyati majlislar zalida, Samarqand shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Xotin-qizlar qo‘mitalarining “Eng namunali boshlang‘ich tashkiloti2019” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Bu tanlovda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti boshlang‘ich tashkiloti raisi Muqaddas Boboqulova ishtirok etib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidoiylik bilan xizmat qilayotganligi, yoshlarni ma’naviy tarbiyasiga munosib hissasini qo‘shib kelayotganligi, tirishqoqligi va samarali mehnatlari evaziga Oliy ta’lim muassasalari xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti raisi Muqaddas Boboqulovani bu yutuq bilan institut jamoasi chin dildan qutlaydi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.