Yoshlar – kelajak bunyodkori!

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston yoshlari ko’pgina yutuqlarga erishib kelmoqda. Ular buyuk ajdodlarimizning munosib vorisi sifatida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida doim kamarbasta bo‘lib kelmoqda.Shunday iste’dodli yoshlarimizdan biri Rahmatov Azimjon hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakultetining 3-bosqich talabasi. U yaqinda 26 may kuni  Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida tashkil etilgan “Yangi asr iste’dodlari - 2018” respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etdi. Tanlov yakunida ilmiy rahbari B.S.Maxamov rahbarligida tayyorlagan “Innovatsion tadqiqotlar markazi” loyihasi tanlovning “Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket” nominatsiyasi bo’yicha g’olib deb topilib, 1-darajali diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Rahmatov Azimjon hali yosh bo’lishiga qaramay, hozirgi kungacha jami 8 ta maqolasi (shundan 4 tasi xalqaro, 4 tasi respublika miqyosida) ilmiy jurnal va to’plamlarda nashr etilgan.Bu kabi iqtidorli yoshlar mamlakatimizda ko‘pchilikni tashkil etadi.