Innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda olimalarning o’rni mavzusida ilimiy-amaliy konferensiya
Joriy yilning 26-30 aprel kunlari “Olima” O’zbekiston xotin-qizlar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi tashabbusi bilan “Innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda olimalarning o’rni” mavzusida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ilimiy-amaliy konferensiyasi hamda olimalar va iqtidorli yoshlarning innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarning tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti professor-o’qituvchilari Saidova B.A,Kamalova D.Z,Sodiqova S.N,Yakubova H.B,magistrant va talabalari Berdikulov J. va Samiyeva N. ma’ruza va innovatsion loyihalar hamda maketlar bilan qatnashishdi. Innovatsion goya va loyihalar tanlovida H.B Yakbovaning “O’zbekiston respublikasi uchun Xotin-qizlar innovatsion madaniy markazini tashkil etishning arxitekturaviy-kompositsion echimlari”, N.A Samiyevaning “Ustuvor me’moriy shaharsozlik muhitni yaratishda ekostandartlarni mukammalashtirish bo’icha innovatsion zamonaviy ekoshahar loyihasini ishlab chiqish”, J.B Berdikulovning “O’zbekistonning tog hududida yoshlar ilmiy-ijodiy va dam olish markazini me’moriy-rejaviy tashkil etishning ilmiy-texnik asoslari” mavzusidagi loyihalari tanlov golibi boldi va ular diplom bilan taqdirlandi.