Uzoq umr ko‘rish sirlari

Institutda 2018 yil 26 aprel kuni professor-o‘qituvchilar uchun “Uzoq umr ko‘rish sirlari” haqida suhbat o‘tkazildi. Suhbatni viloyat valeologiya markazi xodimi Zuxra Nikolayevna olib bordi.
Zuxra Nikolayevna sog‘lom bo‘lish sirlari, ortiqcha vazndan qutulish, organizmni har xil parazit va toksinlardan tozalash hamda tabiiy go‘zallikni saqlash usullari to‘g‘risida professor-o‘qituvchilarga batafsil tushunchalar berdi.