“Talabalar bahori” festivali

2018 yil 26 aprel kuni faollar zalida yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang’ich tashkiloti, institutining qurilish fakulteti yoshlar kengashi va fakultet dekanati tashabbusi bilan “Talabalar bahori” festivali bo'lib o'tdi.
Festival doirasida institutning “Bino va inshootlar qurilishi” yo’nalishining “QFQ” jamoasi hamda “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” yo’nalishining “Smayl” jamoalari “Fakultetda bahor”, “Savol qani?”, “Hammasiga tayyormiz”, “Sirli sandiq” va “Qishdan omon chiqdingmi?!” nomli bir-biridan qiziqarli 5 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar.
Jamoalar shartlar davomida o’zlarining bir-biridan qiziq sahna ko’rinishlari, kuy-qo’shiqlari hamda qiziqarli savollarga hozirjavoblik bilan bergan javoblari bilan tomoshabinlarda ko’tarinki kayfiyatni hosil qilishdi. Jamoalar chiqishlari institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti raisi O.Xaitov raisligidagi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. 
Festival yakunida umumiy hisobga ko’ra  64 ball bilan “Bino va inshootlar qurilishi” yo’nalishining "QFQ" jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’olib jamoa fakultet ko’chma kubogi hamda festivalda faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang’ich tashkiloti tomonidan diplom va esdalik sovg’alari  bilan taqdirlandilar.