Tarixiy obidalarga ziyorat

Yurtimizdagi ko‘hna va betakror obidalar asrlar davomida jahon ahlini lol etib kelmoqda. Qolaversa, ular insoniyat tamaddunining ajralmas qismi sifatida ulkan tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega. Shu bois ham ularni o‘rganish, kelajak avlodga bus-butun yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.Ana shunday tarixiy obidalarimizdan Imom Al-Buxoriy hamda Mahdumi A’zam ziyoratgohlariga joriy yilning 28 fevral sanasida “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi E.E.Jurayeva tashabbusi bilan 202-KHALTE, 201-Arxitektura, 102-Arxitektura guruhi talabalari ziyorat tashkil etishdi. Ziyorat davomida talabalar Imom Al-Buxoriy bobomizning hayoti va ijodi haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, ayniqsa, guruhlarda uzoq viloyatlardan ya’ni Surxandaryo, Andijon, Xorazm, Farg‘ona va boshqa viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarimiz uchun bu ziyoratgoh joylarimiz haqida juda katta taassurot qoldirdi. Talabalar ana shunday tarixiy maskanlarga tashriflar tez-tez tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.