Biz – OITS va giyohvandlikka qarshimiz!
2019 yil 27 fevral kuni institut faollar zalida institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut “Salomatlik markazi” tashkilotchiligida Samarqand viloyat OITS bilan kurashish markazi vrachi M.A.Burxonov, viloyat endrokrinologiya markazi bo‘lim boshlig‘i, oliy toifali vrach G.Z.Mansurovalar ishtirokida talaba-yoshlar bilan “Biz – OITS va giyohvandlikka qarshimiz! mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Xudayarov ochib berdi va yoshlarni giyohvandlik domiga tortuvchi omillar: bekorchilik, tungi guruhlarga qo‘shilib qolish haqida gapirib, ijobiy xislat bo‘lmish sog‘lom turmush tarzining kishilar va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati haqida tushuntirdi.Tadbirda shifokorlar M.Burxonov, N.Sultonovalar OITS kasalligining kelib chiqishi, klinikasi, diagnostikasi va profilaktikasi haqida va O‘zbekiston Respublikasida OIV, OITS kasalligining tarqalishi, OIV, OITS kasalligining yuqish yo‘llari va hozirgi kunda Samarqand viloyatida OITS kasalligining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot berishdi.Institut boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.N.Boboqulova XXI asr vabosi bo‘lgan giyohvandlik va OITSning yoshlar umrining kushandasi bo‘lgan salbiy oqibatlarini bilishi, unga qarshi kurashishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.Endrokrinolog vrach G.Z.Mansurova organizmda yod tanqisligi inson organizmida turli xil kasalliklar, ya’ni yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak kasalligi va qandli diabet kasalligini keltirib chiqarishini mutaxassis sifatida tushuntirib berdi.Davra suhbatida shifokorlar G.Mansurova va N.Sultonovalar yod tanqisligini ayniqsa, bo‘lajak onalar oldini olish zarurligi kelajakda tug‘ilajak farzandlari sog‘ligida aks etishi haqida tushuntirib, reproduktiv salomatlikning ahamiyati, ayolni, onani asrab-avaylash, e’zozlashdek go‘zal qadriyatlarimiz zamirida ham sog‘lom avlodni dunyoga keltirishdek ezgu maqsad mujassam ekanligi, ana shu maqsadni amalga oshirish yosh onalar, ayollar, o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish ishlariga davlatimiz tomonidan alohida mas’uliyat bilan yondoshilayotganligi, sog‘lom avlodni dunyoga keltirishning muhim shartlaridan yana biri nikoh yoshining muvofiqligi haqida gapirdilar.Mavzu bo‘yicha talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishib, savollariga qoniqarli javob olishdi.