YANGI O‘ZBEKISTONNI BIZ — YOSHLAR QURAMIZ!

#Munosabat

Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli, oʻz qatʼiy pozitsiyasiga ega, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq boʻlmagan, maqsadga intiluvchan, sergʻayrat, vatanparvar qilib tarbiyalash davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Ahamiyatlisi, keyingi yillarda bu boradagi ishlar yanada jadallashib, biz — yoshlar taqdiriga eʼtibor yanada ortdi.

Yurtboshimizning yaqinda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston  Yoshlari forumiga tashrif buyurib, yoshlar bilan shaxsan uchrashgani hamda “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qoʻl urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-gʻayratingiz, azm-u shijoatingizga suyanamiz...”,  deya xitob qilgani barchamizga oʻzgacha kuch va gʻayrat berdi. Unda bildirilgan fikr va gʻoyalarning amaliy ifodasi sifatida joriy yilga “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deya nom berilishi ayniqsa, shijoatimizni yanada oshirdi.

Shubhasiz, bugun yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlarga koʻplab rivojlangan davlatlarning yoshlari havas qilishmoqda. Shunday ekan, ulardan unumli foydalanishimiz, davlatimiz rahbari tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonchni oqlashimiz, buyuk ajdodlarimizga munosib, har tomonlama barkamol inson boʻlib yetishishimiz lozim. Bu bizning Vatan, el-yurt oldidagi muqaddas burchimizdir.

Oyatullo NAZIROV
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabasi