“Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun birlashaylik!” shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbiri boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlayotgan saylov jarayonlarida OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan yoshlar oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun birlashaylik!” shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbiri joriy yilning 7 oktabrida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talaba yoshlari bilan boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga OʻzLiDep Samarqand viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Qobilov Rustam Rajabboyevich, OʻzLiDep Samarqand shahar Kengashi deputati Raxmonov Baxodir Ubaydullayevich va OʻzLiDep Samarqand viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri Abduramonov Soxib Abdusamatovichlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida savol-javoblar hamda Ozoda Nursaidova ijrosidagi “Inson qadri uchun” qoʻshigʻi yangradi.
SamDAQI Axborot xizmati