Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2019 yil 24-25 may kunlari o’tkazilgan “YaNGI ASR ISTE’DODLARI-2019” respublika ko’rik-tanlovining HISOBOTI
Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2019 yil 24-25 may kunlari o’tkazilgan “YaNGI ASR ISTE’DODLARI-2019” respublika ko’rik-tanlovining
HISOBOTI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151 sonli qarorida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 25 may kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 21 maydagi “Yangi asr iste’dodlari - 2019” Respublika ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida”gi 265-sonli buyrug’iga asosan, O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, Samarqand viloyat hunarmandlar uyushmasi, Samarqand viloyat kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda “Yangi asr iste’dodlari - 2019” respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Mazkur respublika ko’rik-tanlovining asosiy maqsadi – hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o’zi tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha mukammal bilimga ega bo’lgan, muhandislik loyiha va ishlanmalar, innovasion qurilish texnologiyalarini yaratishga qodir va yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, milliy san’atimizning avloddan-avlodga o’tib kelayotgan boy madaniy merosi, bugungi salohiyati, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy madaniyat, badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, shu bilan birga “Ustoz-shogird” an’anasini keng miqyosda rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarni ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini takomillashtirish va rag’batlantirishdan iborat.
“Yangi asr iste’dodlari-2019” respublika ko’rik-tanlovida respublikamizdagi 13 ta oliy o’quv yurtlari, jumladan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Namangan muhandislik qurilish instituti, Urganch davlat Universiteti, Jizzax politexnika instituti, Namangan davlat universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro muxandislik texnologiya institutlaridan iqtidorli talabalar ishtirok etishdilar. Bundan tashqari respublikamizning turli tashkilot rahbarlari ishtirok etib o’z tabrik va istaklarini bildirishdilar.
Tanlov quyidagi 10 ta nominasiya bo’yicha o’tkazildi:
1. Eng yaxshi amaliy san’at asari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va o’ymakorlik);
2. Eng yaxshi arxitekturaviy innovasion loyiha va maket;
3. Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash va qayta tiklash loyihasi;
4. Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni;
5. Eng yaxshi innovasion muhandislik kommunikasiya loyihalari va ishlanmalari;
6. Eng yaxshi innovasion qurilish materiallari va texnologiyalari;
7. Eng yaxshi innovasion biznes loyiha;
8. Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;
9. Eng yaxshi innovasion energosamarador loyihalar va ishlanmalar;
10.Eng yaxshi “Geoinnovasiya” loyihasi va ishlanmasi;
Respublika ko’rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy-innovasion, ijodiy ishlar, maketlar va loyihalar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, muallif dunyo qarashining kengligi, shu bilan bir qatorda ishlarda milliylik va zamonaviylikning uyg’unlashuvi nuqtai nazaridan O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 21 maydagi № 265-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Yangi asr iste’dodlari - 2019” respublika ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida Nizom”da belgilangan mezonlar asosida adolatli va xolis baholandi.
Ko’rik tanlovda 289 nafar yosh iqtidorli talabalar o’zlarining 650 dan ziyod ishlari bilan ishtirok etishdi. Viloyatlar kesimida 9 ta viloyat va Toshkent shahri OTMlari g’oliblik uchun bahs olib borishdilar. Nominasiyalar bo’yicha 9 ta 1-o’rin Samarqand viloyati vakillariga nasib etdi. Eng faol OTM esa Samarqand arxitektura-qurilish instituti deb topildi. Tanlovda ishtirok etgan 289 nafar talabadan 220 nafari SamDAQI talabalari hisoblanadi.
Ko’rik-tanlovda g’oliblar quyidagi tartibda aniqlandi:
YaKUNIY NATIJALAR
|
OTM nomi
|
I darajali diplom
|
II darajali diplom
|
III darajali diplom
|
JAMI
|
1
|
SamDAQI
|
6
|
13
|
15
|
34
|
2
|
NamDU
|
1
|
|
|
1
|
3
|
TAQI
|
3
|
3
|
4
|
10
|
4
|
TDPU
|
|
1
|
|
1
|
5
|
JizPI
|
|
2
|
1
|
3
|
6
|
TIIMBF
|
|
1
|
|
1
|
7
|
QQDU
|
|
|
3
|
3
|
8
|
BuxMTI
|
|
|
1
|
1
|
9
|
FPI
|
|
|
1
|
1
|
10
|
UrDU
|
|
|
5
|
5
|
|
JAMI
|
10
|
20
|
30
|
60
|