XUSH KELDING YURTIMGA NAVROʻZ

#navruz #SamDAQI

Kuni kecha Samarqand shahrining "Alisher Navoiy" nomli istirohat bog‘ida Navro‘z bayrami keng nishonlandi. 

Istirohat bog‘i va hiyobonlarda tashkil etilgan xalq saylida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari tomonidan dasturxon bezatilib turli tansiq taomlar tayyorlanib, bayram dasturxoniga tortildi. 

Ayniqsa SamDAQI faol yoshlaridan tashkil topgan jamoasining kuy-qo‘shiqlari va raqslari hamda milliy o‘yinlar o‘tkazilishi bayram ko‘rkiga yanada ko‘tarinkilik olib keldi. O‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, birodarlik kuy-qo‘shiqlari davralarga zavqu-shavq bag‘ishladi.


 

  

  

  

  

  

  

 

  

SamDAQI Axborot xizmati