XOTIRA VA QADRLASH KUNI KENG NISHONLANDI!

Samarqand shahrida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.Marosimda shahar va tumanlardan kelgan urush qatnashchilari, Viloyat va shahar hokimliklari, viloyatimizdagi korxona tashkilot va boshqarmalar, ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lishdi.Tadbirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham qatnashdi, motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, Vatan uchun jon fido qilgan ota-bobolarimiz ruhiga xurmat bajo keltirildi