"XOTIRA AZIZ, QADR MUQADDAS" MAVZUSIDA TADBIR

2019 yil 6 may kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakultetining “Kasb ta’limi” kafedrasi va SamDAQI kasaba uyushma qo‘mitasi ishtirokida “Xotira aziz, qadr muqaddas” mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni SamDAQI kasaba qo‘mitasi raisi M.Axunjanov ochib berdi.

Tadbirda “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakultetining 301-XS guruhi talabalari tomonidan tayyorlangan: Ikkinchi jahon urushining Gitlerchi fashistlar tomonidan qanday rejalashtirilishi, sobiq Sovet ittifoqiga urush e’lon qilinmasdan bostirib kirilishi va unga qarshi bo‘lgan kurash va bu kurashda O‘zbekistonlik vatandoshlarimizning mardonovorligi hamda g‘alaba nashidasi tasvirlangan videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda “Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Q.Rahimov SamDAQIda faoliyat ko‘rsatgan, uni boshqargan rektorlar, fan fidoiylari bo‘lgan professor-qituvchilar haqida nutq so‘zladi. Ustozlardan xotira bo‘lib qolgan suratlar va ularga atalgan bag‘ishlov she’rlar videoroligi namoyish etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Xudayarov Ikkinchi jahon urushida ota-bobolarimizning, urush ortidagi frontda onalarimizning mardonovor mehnati, “9-may — Xotira va qadrlash kuni”, bu kunning tarixiy ahamiyati, davlatimizdagi, butun yer yuzidagi tinchlik siyosatidagi rolini yoshlarga so‘zlab berdi.Tadbir so‘ngida 301-XS guruhi rahbari X.Qarshubayeva tadbirda qatnashgan faol talabalarni kitoblar bilan taqdirladi.