XOTIRA AZIZ — QADR MUQADDAS

Mamlakatimiz bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ular holidan xabar olinmoqda. Bayram arafasida viloyatimizning shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatrnashchilari xonadonlariga yo‘qlov tadbirlari uyushtirilmoqda. Bayram tilaklari bildirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 2019 yilning 8 may kuni Samarqand viloyat va shahar hokimligi tomonidan Samarqand shahar Lolazor mahallasida istiqomad qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriysi 94 yoshni qarshilagan Moloshnikov Isak Girshevich xonadonida tashkil etildi.Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, shahar hokimi Furqat Rahimovlar tashrif buyurib Isak Girshevich nomiga muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuborilgan tabriknoma o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng hokimliklarning qimmatbaho sovg‘alari, bir yo‘la to‘lanadigan mukofot puli tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham ishtirok etib, Isak Girshevich jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabaning 74 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etilib, institut ma’muriyati tomonidan mebellar jamlanmasi topshirildi.Tadbir so‘ngida Samarqand shahar 35-umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan tashkil topgan vokal ansambli, Samarqand shahar 3-sonli musiqa maktabi jamoasi, Samarqand Markaziy harbiy okrug orkestri jamoalari tomonidan G‘alabaga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, qatnashchilar kayfiyatiga bayram shukuhini olib kirdi.