Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkilotining hisobot saylov konferensiyasi
2018 yil 25 sentabr kuni institutning kichik faollar zalida xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkilotining hisobot saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyani institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori v.b. O‘.J.Xudayarov ochib berdi va bugungi hisobot-saylov konferensiyasiga tashrif buyurgan Samarqand shahar OTMlari xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari bo‘yicha rahbar, SamDU xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.B.Tuxliyevani tanishtirdi.
Sh.Tuxliyeva “Zulfiyaxonim izdoshlari bo‘ling” mavzusidagi ma’ruzasida bugungi kunda jamiyatning har sohasi, jabhalarida ilg‘or va jonbozlik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarning faoliyati, ularning yutuqlari, imkoniyatlari haqida gapirdi va talaba-qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga chorlab, bu mukofotga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar sovrindor bo‘lishlari mukinligi haqida ma’lumot berdi.
Shundan so’ng, institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.N.Boboqulovaning hisoboti tinglandi.
M.Boboqulova o‘tgan 2017-2018 o‘quv yilida institut ko‘lamida olib borilgan xotin-qizlarning faoliyatlari yuzasidan hisobot qildi. Jumladan, hisobotda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy dastur asosida 2017-2018 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan institut rektori tomonidan tasdiqlangan xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga asoslangan 29 banddan iborat bo‘lgan “ISH REJASI” asosida, hamda xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha TAVSIYALAR asosidagi
I. Tashkiliy chora-tadbirlar yo‘nalishida
II. Xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida
III. Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida
IV. Xotin-qizlar mehnati muxofazasini ta’minlash yo‘nalishida
V. Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib borayotganligi va bulardan maqsad, xotin-qizlarimizni, yoshlarni ma’naviy-axloqiy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi hamda taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan, milliy qadriyatlarni ulug‘laydigan, ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, o‘zida fidoyilik va daxldorlik hissini mujassamlashtirgan insonlar qilib tarbiyalash hisobotning asosiy mazmuni ekanligi haqida so‘zladi. Hisobotda xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkilotining rayosat a’zolari haqida, institut fakultetlari xotin-qizlari guruhi haqida aniq sonlar bilan ma’lumotlar berildi, shuningdek, hisobot yilida institut xotin-qizlaridan M.Yo’ldosheva, S.Sodiqova, G.Boboyeva, M.Axrorqulova va boshqa ko‘plab xotin-qizlarning samarali mehnatlari, institut professor-o‘qituvchilari, xodima xotin-qizlari, talaba-qizlari faoliyatini o‘zida aks ettirgan slaydlar orqali e’tirof etildi va barchada yorqin taassurot qoldirdi. Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkilotining Pasporti shakllantirilganligi haqida ham hisobot berildi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 fevraldagi 135-sonli buyrug‘i asosida institut xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bugungi kunning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganligi, ayollarga Prezidentimiz, davlatimiz, jamiyatimiz tomonidan e’tibor, qo‘llab-quvvatlashlar, imkoniyatlar berilgani, ayollarning baxtli bo’lsa, butun jamiyat baxtli bo’lishi haqida keng qamrovli tushunchalar berildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkilotining Nizomi konferensiya qatnashchilariga havola qilindi va bir ovozdan institut Ilmiy kengashi muhokamasiga tavsiya qilindi.
Muzokoralardan so‘ng, 2017-2018 o‘quv yili yuzasidan xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulovaning hisoboti bir ovozdan ma’qullandi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisligiga hisobot yilidagi samarali mehnati va ijobiy baholangan hisobotini e’tiborga olgan holda M.Boboqulovaning nomzodi munosib deb topilib, konferensiya ishtirokchilarining barchasi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.