XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

#5_tashabbus_ijroda

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida institut xotin-qizlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musoboqa bo‘lib o‘tdi.

O‘yin natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

I o‘rin "Qurilishni boshqarish" fakultetining "Yuksalish" jamoasi;
II o‘rin "MKQ" fakultetining "Muhandis qizlar" jamoasi;
III o‘rin "Arxitektura" fakultetining "Arxitektur qizlar" jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar diplomlar hamda institut ramzi tushirilgan kepka va futbolkalar bilan taqdirlandilar.

Tashkilotchi va ishtorokchilarga SamDAQI Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamda SamDAQI yoshlari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

  

 

SamDAQI Axborot xizmati