PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA ISHCHI XODIMLARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

#sport

8 dekabr O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yil to‘lishi munosabati bilan 2020 yil 4-5 dekabr kunlari SamDAQIning professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlari o‘rtasida institut xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi va “Talaba” sport uyushmasi hamkorligida ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida sportning shaxmat- shashka va stol tennisi musoboqalari o‘tkazildi. 



 

Musoboqada 65 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar qatnashdilar, g‘oliblar esa shaxsiy birinchilik ya'ni olimpiada tizimida aniqlandi.



 



 

Yuqori o‘rinlarni egallagan professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarga institut Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


SamDAQI Axborot xizmati