XIZMAT SAFARI

#safar

Shu kunlarda SamDAQI rektori Chidem Janbay Turkyilmaz Turkiya Respublikasining Yildiz Texnika Universiteti, Istanbul Kultur Universiteti va Mimar Sinan tasviriy sanʼat Universitetida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Xususan, 2022 yilning 3 yanvar kuni Yildiz Texnika Universiteti va Istanbul Kultur Universitetlari maʼmuriyati bilan SamDAQIning oʻquv-metodik, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi yoʻnalishi boʻyicha kelgusidagi hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, 2022 yilning 4 yanvar kuni Mimar Sinan tasviriy sanʼat Universiteti va SamDAQI rektorlari tomonidan ikkala OTM oʻrtasida oʻzaro ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

 

  

 


SamDAQI Axborot xizmati