PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR VA YOSH KADRLARNI XORIJIY RIVOJLANGAN OTMLARDA MALAKA OSHIRISHGA JALB QILISH” MAVZUSIGA QARATILGAN VEBINAR HAQIDA

Joriy yilning 10 fevralida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan “Professor-oʻqituvchilar va yosh kadrlarni xorijiy rivojlangan OTMlarda malaka oshirishga jalb qilish” mavzusiga qaratilgan vebinar tashkil etildi va unda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Onlayn vebinarda mamlakatimizda Oliy taʼlimning qamrovi va sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratdi hamda eng nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Vebinar davomida Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish hamda respublika oliy taʼlim tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi.

Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi markazga aylantirish, jahon miqyosida talablarga javob beradigan, xorijiy ilgʻor davlatlarning Oliy taʼlim tizimi va ularning tajribalarini oʻrganish hamda professor-oʻqituvchilar va yosh kadrlarni xorijiy rivojlangan OTMlarda malaka oshirishga jalb qilish kabi masalalar vebinarning muhokamalar markazida boʻldi.


SamDAQI Axborot xizmati