OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI AXBOROTI

#Munosabat

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti

Telegram tarmog‘idagi ayrim kanallarda oliy ta’lim tizimida eng yaxshi vazir o‘rinbosari, eng yaxshi rektorlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan so‘rovnomalar vazirlikka aloqador emasligini ma’lum qilamiz.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida vazirlik tomonidan turli ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib kelinadi hamda bu haqda vazirlikning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa OAV orqali axborot berib boriladi. 
Vazirlik sohaga oid dolzarb mavzularni yoritishda barcha OAVlar bilan ijodiy hamkorlik qilishga tayyor va bu boradagi tashabbuslarni to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. 

Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda ayrim sahifa va telegram kanallarida vazirlik nomidan ommani chalg‘ituvchi noto‘g‘ri ma’lumot tarqatayotganlar faoliyatiga huquqiy baho berilishini eslatib o‘tadi, deyiladi xabarda.

OO‘MTV Axborot xizmati