VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
#uchrashuv
Joriy yilning 20-aprelida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Madaniyat vaziri va san’atga qiziquvchi havaskor yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov institutda tashkil etilgan “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasi, “Ulug‘bek yulduzlari” maqom va estrada xonandachilik ansambli, “To‘maris” raqs ansambli a’zolari bilan ochiq muloqotda bo‘lib yoshlarning iste’dodlarini tingladi.
Jarayon avvalida vazir talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi va kelgusida institutda mavjud san’at va madaniyat ansambllarini rivojlantirish, bu borada kelajakda amalga oshiriladigan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv so‘ngida yoshlarning, talabalarning san’atga bo‘lgan qiziqishlari va ularning mahoratlarini professional darajada namoyon qilish uchun Madaniyat vazirligi tomonidan barcha amaliy yordamlar berilishiga kelishildi.
SamDAQI Axborot xizmati