Vatan ulug’ – burchim muqaddas

“ Vatan ulug’ – burchim muqaddas”

      O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 2014 yil 9 dekabrdagi 4390-f-sonli Farmoyishi asosdida, Respublikamizning har bir hududida Qurolli Kuchlarimizning 23 yilligini munosib kutib olish maqsadida dasturlar asosida isntitutimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda. Xuddi shunday tadbirlar institut muxandislik kommunikasiyalari qurilishi fakultetida ham o’tkazildi. Ushbu tadbirda institut rahbariyati, fakultet dekanat xodimlari va talabalar hamda mexmonlar ishtirok etildi.
     Tadbirda reja asosida institutda tahsil olayotgan talaba yoshlar orasida harbiy xizmat to’g’risida, “Armiya saflarida xizmat – har bir fuqaroning vatanpavarlik burchi”, “Armiya mening taqdirimda”, “Harbiylik sharafli kasb” mavzularida suhbatlar o’tkazildi. Tadbir davomida ishtirok etgan talaba yoshlar o’rtasida musabaqalar tashkil etildi va g’olib talabalarga institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.           

          

Bu bejiz emas, albatta. Siz-u bizning bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya kilinmokdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo’layotgan o’g’lonlarimizni har qancha e’zozlasak, ko’kka ko’tarsak arziydi.