“VATAN SARHADLARI DAXLSIZ BOʻLSIN”

Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyotova Adolat va institut Yoshlar ittifoqi jamoasi hamkorligida "101-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi" guruhi talabalari tomonidan “Vatan sarhadlari daxlsiz boʻlsin” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir jarayonida 5 nafar yigitlarning 4 ta shart boʻyicha bellashuvi katta olqishlarga sabab bo‘ldi. 

Shunday qilib, Usarov Sirojiddin 69 bal,  Mahamadiyev Sevinchbek 52 bal, Jumadulayev Faxriddin 71 bal, Norboyev Muhammadnazar 46 bal,  Vaydullayev Husan 68 bal bilan hakamlar hayʼati tomonidan baxolandilar. Guruh qizlarining “Leytenant” qo‘shig‘i va raqsi,  hamda Arxitektura fakultetining “To‘maris” raqs jamoasi ijrosidagi chiqishlari bayram ishtirokchilariga xushkayfiyat ulashdi. 

Tadbir ishtirokchilari tomonidan "Vatan sarhadlari daxlsiz boʻlsin" shiori ostida namoyish qilingan sahna koʻrinishi  taʼsirchanligi, milliy davlatchiligimizga boʻlgan sadoqat ramzi, O‘zbekiston bayrog‘i ostida birlashish holati barchani to‘lkinlantirib yubordi. Tadbir ishtirokchilarining har biri "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

  

  

  


SamDAQI Axborot xizmati