URUSH QATNASHCHISI HOLIDAN XABAR OLINDI
#xotira #9may
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ular holidan xabar olinmoqda.
Bayram arafasida viloyatimizning shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga yo‘qlov tadbirlari uyushtirilmoqda. Bayram tilaklari bildirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri bugun Samarqand shahar Guliston ko‘chasi 28 uyda istiqomad qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 96 yoshni qarshilagan Xasanov Juma bobo xonadonida tashkil etildi.
Unda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash ishlash prorektori Orif Xaitov boshchiligida, institut yoshlar ittifoqi faol a’zolari bilan birgalikda frontda bo‘lgan urush qatnashchisi holidan xabar olindi va sovg‘a-salomlar topshirildi.
Tadbirda "Ulug‘bek yulduzlari" ansambli a'zolari tomonidan dil tortar kuylar hamda qo‘shiqlar hirgoya qilindi. Xasanov Juma bobo tomonidan jahon urushida ro‘y bergan voqealar esga olindi. Qo‘llar duoga ochilib, dunyomiz-yurtimiz tinchligi uchun shukronalar keltirildi.
SamDAQI Axborot xizmati