“UNIVERSIADA - 2019” II BOSQICH SPORT MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

2019 yil 15-16 may kunlari Samarqand shahar oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Universiada - 2019” II bosqich sport musobaqasi tashkil etildi va o‘tkazildi. Ushbu saralash musobaqasiga SamDU, SamDAQI, SamVMI, TATU Samarqand filiali, SamISI, SamMI, SamDCHTI va SamIYXTUning sportchi talabalaridan iborat jamoalari ishtirok etishdi.
 

Musobaqa natijalariga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha aniqlandi:

I o‘rin – SamDU;

II o‘rin – SamDAQI;

III o‘rin – SamDCHTI jamoasi.
 

Musobaqalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad SamDAQI talaba-yoshlari terma jamoalarini aniqlash va viloyat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkaziladigan 2-bosqich Universiada sport musobaqalarida ishtirok etishini va Samarqand viloyati oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlari terma jamoalariga qabul qilinishini ta’minlash.