Umumiy qoidalar
I. Umumiy qoidalar
1.1. Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti, O’zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1966 yil 11-iyuldagi 367-sonli qarori asosida tashkil qilingan.
1.2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (keyingi o’rinda matnda Institut deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining (keyingi o’rinda matnda Vazirlik deb yuritiladi) tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo’shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot hamda boshqa faoliyatni amalga oshiradi va ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.
1.3. Institut o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari, buyruqlari va Hay’at qarorlari, shuningdek mazkur Ustavga amal qiladi.
1.4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o’ziga xos mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo’yicha o’z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o’z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta bo’yicha hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
Institut joylashgan manzil: 140147, Samarqand sh., Lolazor ko’chasi,70-uy.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to’liq nomi - " Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ";
qisqartirilgan nomi - "SamDAQI”;
b) rus tilida:
to’liq nomi – Samarkandskiy gosudarstvennыy arxitekturno-stroitelnыy institut imeni Mirzo Ulugbeka;
qisqartirilgan nomi – “SamGASI”;
v) ingliz tilida:
to’liq nomi - " Samarkand state architectural and civil engineering institute named after Mirzo Ulugbek”;
qisqartirilgan nomi - " SamSACEI”