Turkiyaning Maltepe universiteti delegatsiya a'zolari tashrif buyurdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2021 yil 30 aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 24-sonli majlis bayonining 20 bandiga muvofiq “O‘zSanoatQurilishBank” ATB, Turkiyaning ixtisoslashgan oliygohlarini jalb etgan holda muhandis va texnologlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan edi.

Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 8 oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Turkiyaning Maltepe universiteti rektori professor DR. Ahin Karasar boshchiligidagi delegatsiya a'zolari, “O‘zSanoatQurilishBank” boshqaruv vakillari hamda ”O‘zSanoatQurilishMateriallari” uyushmasi a'zolari tashrif buyurdilar.

Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari institut tarixi, qurilish materiallarini ishlab chiqarishga taalluqli mutaxassis tayyorlovchi kafedralar faoliyati, o‘quv-labaratoriya xonalari va dars mashg‘ulotlari olib borish jarayonlari bilan tanishdilar.

Tashrif dasturi doirasida Turkiyaning Maltepe universiteti rektori Ahin Karasar, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Hakim Buriyev hamda “O‘zSanoatQurilishBank” boshqaruv vakillari va ”O‘zSanoatQurilishMateriallari” uyushmasi a'zolari o‘rtasida qurilish materiallari sohasida kadrlar tayyorlovchi fakultet va kafedralarda, istiqbolli vazifalarni belgilash va boshqa masalalar to‘g‘risida muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar so‘ngida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Buriyev Hakim Toshimovich tomonidan delegatsiya a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

#uchrashuv #turkiya #muzokara #QurilishMateriallari
#SamDAQI #Maltepe

 

  

   

   

 

  

   


SamDAQI Axborot xizmati